1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ekspert: “Yashil” energetika  TDT hamkorligining muhim qismi

Zamon.uz Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolarining qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha salohiyati haqida mutaxassis fikri bilan qiziqdi.

Ekspert: “Yashil” energetika  TDT hamkorligining muhim qismi

 

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri “yashil” energetika loyihalari hisoblanadi. Tashkilot davlatlarida bu bo‘yicha qanday salohiyat mavjud? O‘zaro hamkorlik orqali natijalar samaradorligini oshirish mumkinmi? Bu savollarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi eksperti Avazbek Xolbekov javob berdi. 

 

O‘zbekiston TDTga 2019 yilda tashkilotga a’zo bo‘lgan bo‘lsa-da, takilot faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator muhim tashabbusarni ilgari surdi. Ayniqsa, ekologiya, huquqni muhofaza qilish, “yashil” energetika va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida qator muhim takliflar berilgan. 

 

O‘zbekiston “yashil energetika” yo‘nalishida 11 ta yirik konversiya va 7 xalqaro shartnomalarga qo‘shilgan. TDT bu sohaga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonda “yashil” energetika bo‘yicha qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 100 MVtli foto elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda. Bundan tashqari, quyoshdan elektr olish bo‘yicha 11 ta yirik loyiha olib borilmoqda, ularning umumiy quvvati 2 ming MVtni tashkil etadi. Shamol elektr stansiyalari bo‘yicha umumiy quvvati 3.5 MVt bo‘lgan 7 ta loyiha ishlab chiqilgan. 

 

TDTning boshqa davlatlarda ham yirik “yashil” energetika bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Turkiyada shamol va quyoshdan energiya olish avvalgi yillarga nisbatan 54 foizga oshgan. Yana bir a’zo davlat — Ozarbayjon 2030 yilga kelib qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 30 foizga oshirishni va issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga kamaytirishni rejalashtirgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика