1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ekspertiza xulosasini ijobiy qilish evaziga 2 mln so‘m pora so‘ragan shifokor uch yarim yilga qamaldi

Shifokor bemor so‘ralgan pul mablag‘ini bermasa, narkologik ekspertiza xulosasini salbiy qilib berishini aytgan.

Ekspertiza xulosasini ijobiy qilish evaziga 2 mln so‘m pora so‘ragan shifokor uch yarim yilga qamaldi

 

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali shifokor-narkologi va 2022-yildan ixtisoslashtirilgan tibbiyot komissiyasi a’zosi, narkologik ekspertizalarni nazorat qilish shifokor-narkologi lavozimida ishlab kelgan ayol kishi Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi G‘.A. tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan tayinlangan sudga oid narkologiya ekspertizasidan o‘tkazib, uni giyohvandlik moddasi iste’mol qilishga ruju qo‘yganligini, unga nisbatan majburiy tibbiy davolanishga muhtojligi haqida xulosa berilishini, agarda 2 million so‘m pul bersa ekspertiza xulosasini ijobiy hal qilib berishini aytadi.

 

Shundan keyin X.A. ning arizaga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor tadbir tashkillashtirilib, shifokor-narkolog xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 1 million 500 ming so‘mni olgan vaqtida ushlanadi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining qarori bilan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topiladi hamda Jinoyat kodeksining 45-moddasi qo‘llangan holda 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinadi, shuningdek, Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

Qayd etilishicha, sud hukmidan norozi bo‘lgan shifokor ayolning apellyasiya shikoyati Farg‘ona viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, sudning hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика