1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ekvadorda taniqli mafioz qamoqxonadan qochdi

Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi.

Ekvadorda taniqli mafioz qamoqxonadan qochdi

 

Fito laqabli Adolfo Masiyas Vilyamar Los Choneros nomli qudratli mafiya guruhini boshqargan va 12 yildan beri qamoqxonada saqlangan.

 

Vilyamarning kamerasi Guayakildagi qamoqxonaning bir qismida joylashgan bo‘lib, qattiq qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan.

 

Ekvador prezidenti Daniel Noboa shu holat sababli mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat eʼlon qildi. Favqulodda holat davrida jamoat yig‘ilishlari vaqtincha taqiqlandi, unda komendantlik soati amal qiladi.

 

"Narkoterror guruhlari bizni qo‘rqitmoqchi va biz ularning talabiga bo‘ysunamiz deb o‘ylashmoqda. Ammo biz terrorchilar bilan muzokaralar olib bormaymiz va mamlakatda tinchlik o‘rnatmagunimizcha tinchlanmaymiz", — dedi prezident Noboa. 

 

35 yoshli Daniel Noboa o‘tgan yilning oktyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan. Saylov kampaniyasi vaqtida nomzodlardan biri, sobiq jurnalist va mafiyaga qarshi kurashchi Fernando Vilyavisensio o‘ldirilgan. Vilyavesensioga tahdid qilgan Los Choneros va Fitoning shaxsan bu qotillikka aloqadorligi gumon qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика