1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Elektr energiyasi va gaz tariflariga ijtimoiy norma joriy etiladi

Energiya isteʼmol qilishning ijtimoiy normasi – bu aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan maʼlum miqdordagi energiyadir.

Elektr energiyasi va gaz tariflariga ijtimoiy norma joriy etiladi

 

Yaqin kunlarda O‘zbekistonda energetika bozorini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yiladi Energetika vazirligi tomonidan respublika energetika bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish eʼlon qilindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, kam taʼminlangan aholi qatlamlari manfaatlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy himoya choralari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

 

 

Davlat tomonidan energiya resurslari narxlarini “shartli subsidiyalash” amaliyoti saqlab qolinishi taʼkidlandi. Biroq “shartli subsidiyalar”ni taqsimlashda ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘ylab amalga kiritiladi.

Energiya isteʼmol qilishning ijtimoiy normasi sifatida aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan maʼlum miqdordagi energiya tushuniladi. Yaʼni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi va bu miqdordan oshig‘i erkin bozor narxida sotiladi.

 

"Energetika sohasidagi islohotlar tabiiy gaz va elektr energiya tariflarini ijtimoiy adolat tamoyillari asosida belgilash hamda aholi va tadbirkorlarimiz uchun energiya taʼminotining uzluksizligi va ko‘lamini kengaytirish uchun zamin yaratadi. Bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Barcha fikr va takliflar o‘rganib chiqiladi", - deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика