1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jami 126 million so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgan.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Andijon viloyati Xonobod shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Prokuratura Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan "O‘zenergoinspeksiya" viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.X. avtomobillarni yuvish shoxobchasini tashkil etib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 126 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика