1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Elektr korxona boshlig‘i 78 mln pora olgan vaqtda ushlandi

Holatda Guliston shahrida yuz bergan.

Elektr korxona boshlig‘i 78 mln pora olgan vaqtda ushlandi

 

Guliston shahar elektr korxonasi boshlig‘i MCHJning elektr qarzdorligini yopib berish uchun tadbirkordan 90 mln talab qildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, rahbar 2023-yilning may oyidan 2024 yilning may oyigacha korxonada elektr muhandisi vazifasida ishlab kelgan. MCHJning elektr energiyasidan 202 mln 500 ming so‘mlik qarzdorligini tanishlari orqali hisobdan o‘chirib berish evaziga tadbirkordan 90 million talab qilgan.

 

Shuningdek, 2023 yilning iyun-dekabr oylari tadbirkordan jami 78 million so‘m olgan, lekin va’dasini bajarmagan ya’ni, qarzdorlikni bazadan o‘chirtirolmagan. Olgan pullaridan 3 million so‘mini uchinchi shaxs orqali qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, qamoq jazosi tayinlangan

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика