1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi

Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi

 

Joriy yilning 16-fevral kuni soat taxminan 18:00 atrofida Samarqand viloyati Paxtachi tumani Elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor bo‘lib ishlovchi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro B.S. Paxtachi tumani "Tadbirkor" MFY hududida yog‘och simyog‘ochga chiqib, elektr energiyasida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf etayotgan paytda shamol sababli B.S. yog‘och simyog‘och bilan birga yerga yiqilib vafot etgan.

 

Ushbu kunning o‘zida tuman elektr ta’minoti tomonidan xodimlar bilan o‘tkazilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha yuritilgan kitoblar tegishli tartibda olingan.

 

Bugun, 17-fevral kuni marhum B.S.ning murdasi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика