Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdog‘an poytaxt Etlik kasalxonasiga olib borilgan zilziladan omon qolganlarni borib ko‘rdi.
Bir yoshga ham to‘lmagan 16 chaqaloq prezident samolyotida Qahramanmarashdan Anqaraga olib ketildi.
Ularning eng kichigi 6 kunlik, eng kattasi esa endigina 2 oylik.
Doktor Gyungerer chaqaloqlar o‘tkazgan muolajalar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning ahvoli barqaror va ularga hech narsa tahdid solmaydi.
«Ulardan ikki nafari vayronalar ostidan qutqarib olindi, ular reanimatsiya bo‘limida. Ular bir muncha vaqt qattiq nazorat ostida bo‘lishadi» ,— dedi shifokor.
Emine Erdog‘an kasalxonaga borganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi:
«Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan Qahramanmaroshdan Prezident samolyotida olib kelingan zilzila qurbonlari bo‘lgan 16 nafar go‘dakning sog‘ligi umidlarimizni yangiladi. Ular davlatimizning ishonchli qo‘llarida. Men ham taraqqiyotni kuzatib boraman. Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan barcha bolalarimizga xushxabar, jabrlangan go‘daklarimizga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilayman».


