1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda emlash jarayoni haqida maʼlumot beruvchi maxsus sayt ishga tushdi

Emlash jarayoni haqida maʼlumot beruvchi maxsus sayt ishga tushdi.

O‘zbekistonda emlash jarayoni haqida maʼlumot beruvchi maxsus sayt ishga tushdi

 

 

«COVID-19. Vaksinatsiya: erishilgan yutuqlar, istiqbollar va maqsadlar» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida www.vaccination.uz rasmiy sayti ishga tushgani haqida maʼlumot berildi. Hozirda sayt o‘zbek va rus tillarida faoliyat olib bormoqda. Bu haqda “Vaksina.uz” rasmiy kanali maʼlum qildi.

 

Sayt vositasida keng jamoatchilik ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi haqidagi maʼlumotlarga ega bo‘lishi, aholini emlash bilan bog‘liq statistika, yangiliklar bilan atroflicha tagishishi, soha va jarayonga doir maqola, videomateriallar berish, vaksinalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish, savollarga javob topish mumkin.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda yeyiladigan vaksina ishlab chiqilgani  hamda O‘zbekiston vaksina zaxirasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida yetakchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Ozoda Choriyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика