1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi advokatlar ish stajisiz litsenziya olishi mumkin

Bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritilmoqda.

Endi advokatlar ish stajisiz litsenziya olishi mumkin

 

Advokatlik litsenziyasini olishda yuridik mutaxassislik bo‘yicha 2 yillik ish staji talabi bekor qilinadi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 4 ming 625 nafar advokat faoliyat yuritmoqda. Shundan 30 yoshgacha bo‘lganlari soni atigi 51 nafar, 50 yoshdan oshgan advokatlar soni esa 2 ming 619 nafarni tashkil qiladi. Umumiy hisobda har 7,6 ming aholiga bitta advokat to‘g‘ri kelmoqda. 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasiga ko‘ra,  advokatlik litsenziyasini olishga imtihon topshirish uchun talabgor shaxsning yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi talabini bekor qilish belgilanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика