1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Endi Angliya va Uelsda emizikli onalarni ularning roziligisiz suratga olish jinoyat hisoblanadi

Buyuk Britaniya Adliya kotibi Dominik Raabning taʼkidlashicha, bu harakat emizikli ayollarning xijolat tortishi va noqulaylik sezishini to‘xtatadi.

Endi Angliya va Uelsda emizikli onalarni ularning roziligisiz suratga olish jinoyat hisoblanadi

 

Mazkur jihatlarni o‘z ichiga olgan qonun loyihasi “emizikli onalarning g‘alabasi” deb atalgan va olqishlar bilan qabul qilingan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, qonun loyihasiga sabab bo‘luvchi harakatni manchesterlik dizayner Julia Kuper boshlab bergan.

 

“Men qizimni ovqatlantirish uchun mahalliy parkdagi o‘rindiqlardan biriga o‘tirdim. Diqqatim faqat farzandimda bo‘lgani sabab boshqa o‘rindiqda o‘tirgan erkakni payqamadim. Boshida “u menga qaramayapti” degan umidda orqaga o‘girildim. Ammo adashgan ekanman. Notanish erkak surbetlarcha raqamli kamerasi bilan meni suratga ola boshladi”, - deydi u.

 

Kuperning aytishicha, u bu holatdan juda hayratga tushgan va shahar politsiyasiga murojaat qilgan. Afsuski, huquqni muhofaza qiluvchilar bu holatda hech qanday jinoyat sodir etilmaganini shuning uchun hech qanday chora ko‘rolmasligini aytishgan.

 

"Bu vaziyatda o‘zimni juda tahqirlangan sezdim. Aksiga olib, politsiya ham hech qanday yordam bera olmadi. Farzandimni ovqatlantirayotgan holatimni suratga olayotgan erkakning qilmishidan juda g‘azablandim. Bu g‘oyat darajada razillik edi. Nimadir qilishim kerakligini angladim”, - deydi Kuper.

 

Shundan so‘ng, ayol Leyboristlar partiyasi deputati Jeff Smit va uning hamkasbi Stella Krizi bilan bog‘lanib, vaziyatni tushuntirgan. Bunday vaziyatlar uchun qandaydir chora ko‘rilishi lozimligini talab qilgan.

 

Boshida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan qonun loyihasi oxir-oqibat tasdiqlandi.

 

“Bu emizikli onalarning g‘alabasidir. Endi bizni begonalar o‘zlari xohlagancha suratga va videoga olisholmaydi. Yosh bolali onalar jamoat joyida o‘zlarini noqulay his qilishlariga chek qo‘yildi” – deydi Kuper qonun loyihasi tasdiqlangandan so‘ng. 

 

Avvalroq ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qila oladigan "Himoya orderi" joriy qiladigan haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика