1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi ayrim amaldorlar surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanmaydi

Senat va Qonunchilik palatasi vakolatlari kengaytirilmoqda.

Endi ayrim amaldorlar surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanmaydi

 

Qayd etilganidek, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas‘uliyat sohasi aniq belgilanmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 14 tadan 18 taga ko‘paymoqda.

 

Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma‘qullash, Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish kabi vakolatlar bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanadigan Qonunchilik palatasi vakolatiga o‘tkazilmoqda. Bu o‘zgarish quyi palataning vakillik tabiatiga va ilg‘or xorijiy tajribaga to‘la mos keladi.

 

Davlat hokimiyatining bir qator lavozimlariga nisbatan ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi mumkin emasligiga oid demokratik qoida kiritilmoqda.

 

«O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan taʼminlanishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonga munosib yashashini taʼminlashni hisobga olgan holda belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi va boshqalar belgilanmoqda» — Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика