1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi bola tug’ilishi bilanoq maktabga onlayn hisobga qo’yiladi

Yangi tartib 2024-yildan joriy qilinadi.

Endi bola tug’ilishi bilanoq maktabga onlayn hisobga qo’yiladi

 

Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar qildi.

 

2024-yil 1-yanvardan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi.

 

2023-yil 1-oktabrdan boshlab nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.

 

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi.

 

2024-yil 1-apreldan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика