Endi davlat korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlarini ham o‘z himoyasiga oladi
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘lishi belgilandi. Ilgari faqat xabar bergan shaxslar uchungina bu tartib amal qilar edi.
