1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi

U hozirda tegishli organlarga topshirilgan.

Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi

 

Suriyadagi xavfsizlik kuchlari Bashar Asadning qarindoshi, brigada generali bo‘lgan Atef Najibni hibsga oldi.

 

“Atef Najib mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asadning ona tomondan amakivachchasi”, – dedi Latakiya viloyati umumiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Mustafo Kanifati.

 

“Latakiya provinsiyasidagi umumiy xavfsizlik boshqarmasi operatsiyasi davomida harbiylar yordamida Deraadagi siyosiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan brigadir Atef Najib hibsga olingan”, – deya uning so‘zlarini keltiradi "Al Watan" gazetasi.

 

Kanifatining ta’kidlashicha, Najib “Suriya xalqiga qarshi jinoyatlar” sodir etgan, shuning uchun tegishli organlarga topshirilgan va u javobgarlikka tortiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика