1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi kambag‘al oila farzandlariga taʼlim krediti foizsiz beriladi

Bu haqida Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Endi kambag‘al oila farzandlariga taʼlim krediti foizsiz beriladi

Qayd etilishicha, dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

 

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga taʼlim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

 

Xorijda taʼlim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

 

Yangi tizim – “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etiladi. Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика