Endi madaniy meros obyektlari bor ko‘chalarga 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari kiritilmaydi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 14 avgustdagi “Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalariga madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga asosan endilikda tarixiy madaniy meros obyektlari joylashgan ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari qo‘yilmaydi.
Shuningdek, moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil etiladi va bunda chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalarining mazkur obyektlarga shikast yetkazmaslik choralari ko‘riladi.