Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 165-son qaroriga asosan, moddiy madaniy meros obyektlarini foydalanish yoki tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik bo‘yicha huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha foto va video yuborganlar mukofotlanadi.
“Davlat ekologik nazorati hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravariga teng (270 ming so‘m) miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, fuqarolar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda foto va videomateriallarni ko‘rib chiqish uchun moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik bo‘yicha “Madaniy meros nazorati” axborot tizimi orqali Madaniy meros agentligiga yuborishi mumkin.
Materiallarda quyidagilar aniq aks ettirilishi lozim:
— sodir etilgan huquqbuzarlik;
— huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
— madaniy meros obyektining nomi (tegishli huquqbuzarlik bo‘yicha);
— huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.
Foto va videomateriallarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi.
Ta’kidlanishicha, huquqbuzarlik bo‘yicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.


