1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mehmonxonalarda mijozlardan "загс" qog'ozi talab qilinadimi?

"Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK bunga oydinlik kiritdi.

Mehmonxonalarda mijozlardan "загс" qog'ozi talab qilinadimi?

 

O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishda doimiy yashash joyi va nikoh guvohnomasi talab qilinmaydi, deya xabar berdi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK.

 

 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston R espublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorga asosan ”O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida“gi Nizom tasdiqlangan.

 

Nizomning 5-bandiga ko‘ra, mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼiy nazar ko‘rsatilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

 

”Shuni taʼkidlash joizki, mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subektlari ichki tartib qoidalarini ishlab chiqishi lozim. Ishlab chiqilgan ichki tartib qoidalari yuqoridagi Nizom talablariga zid bo‘lmasligi kerak", - deyiladi xabarda.

 

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 389-son qarori bilan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga egasining shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi.

 

Shu munosabat bilan mehmonxonalar va boshqa joylashtirish obektlari fuqarolik pasporti yo‘qligiga ishora qilib, yangi milliy haydovchilik guvohnomasi taqdim etilganda mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishni rad etishga haqli emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика