Tugʻilganlik holatini tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan foydalangan holda qayd etish joriy etiladi. Bu haqda 28-iyul kuni Milliy matbuot markazida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish, fuqarolarning tugʻilganligini qayd etishni yanada takomillashtirilish maqsadida Vazirlar mahkamasining qarori tayinlanib, barcha vazirlik va idoralar bilan kelishib, Hukumatga kiritilgan.
“Tez kunlarda tugʻilganlik guvohnomasini FHDYO organlariga bormasdan, tibbiyot muassasasining oʻzida qayd qilish rejalashtirilgan. Bunda farzand dunyoga kelishi bilan guvohnoma taqdim etiladi. Undan keyin MTM va tumandagi poliklinikasiga navbatga qoʻyiladi. Tugʻilganida barcha qilinishi kerak boʻladigan xizmatlar tibbiyot muassasasining oʻzida, bepul amalga oshiriladi”, — deydi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Nusratullo Parpixoʻjayev.


