1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot / 
  4. Endi moliyaviy hisobotlar soliq va statistika organlariga berilmaydi

08:04 / 11.11.2022

743

Endi moliyaviy hisobotlar soliq va statistika organlariga berilmaydi

Endi moliyaviy hisobotlar soliq va statistika organlariga berilmaydi

Tartib 2023-yil 1-yanvardan amal qiladi.

 

Qarorga muvofiq:

 

  • yuridik shaxslar tomonidan 2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda soliq summalari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda arxivlarga topshirish majburiyati bekor qilinadi;
     

  • yuridik shaxslar 2022-yil 1-yanvardan davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini saqlash hamda arxivlarga topshirish majburiyatidan ozod etiladi;
     

  • 2023-yil 1-yanvardan buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi;
     

  • 2023-yildan aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlar yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.

 

2023-yil 1-yanvardan quyidagi statistik hisobot turlari bekor qilinadi:

 

  • Birja faoliyati to‘g‘risida hisobot;
     

  • Mehnat sharoitlari ahvoli to‘g‘risida hisobot;
     

  • Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot;
     

  • Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmatlari to‘g‘risida hisobot;
     

  • Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida hisobot;
     

  • Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida hisobot;
     

  • Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlari to‘g‘risidagi hisobot;
     

  • Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisobot;
     

  • Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot.

 

2023-yil 1-maydan yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv taʼminoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni, ularning isteʼmoli to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.

 

2024-yil 1-yanvargacha “Arxiv” axborot tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilib tadbirkorlarning hujjatlarini elektron qabul qilish, saqlash hamda so‘rovga ko‘ra taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика