O‘zbekistonning olis hududlariga 5G standartidagi yangi baza stansiyalari o‘rnatiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbektelekom" AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, olis hududlarni ham internet tarmog‘i bilan maʼminlash uchun mamlakat bo‘ylab 3G/4G/ standartidagi 2 255 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 5G standartidagi 388 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatish va 3 216 ta 3G/4G baza stansiyalarini kengaytirish ham kutilmoqda.
“Mazkur loyihaning 2-bosqichida 795 ta 3G/4G va 325 ta yangi 5G standartidagi tayanch stansiyalari o‘rnatish hamda 1 495 ta 3G/4G baza stansiyalarini yangilash ishlari olib boriladi”, — deydi Temur Mamajonov.


