Unga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2022 yil 10 iyunga qadar elektron platformalar ishga tushiriladi hamda 2022–2023–o‘quv yili va keyingi o‘quv yillari bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari elektron platformalarga kiritiladi va bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab boriladi.
Qayd etilishicha, 2022–2023 o‘quv yili bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari esa mazkur o‘quv yili yakunlangandan so‘ng, yaʼni, 2023 yil yoziga kelibgina aniq bo‘ladi.
Maʼlum qilinishicha, majburiy 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini OTMlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023–2024 o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.


