1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi ovqatni isrof qilganlar jarimaga tortiladi

Shuningdek, "Oqilona isteʼmol" dasturi ishlab chiqiladi.

Endi ovqatni isrof qilganlar jarimaga tortiladi

 

Endi ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ-171-sonli qarorda nazarda tutilgan.

 

Hujjatda keltirilishicha, 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida "Oqilona isteʼmol" dasturi ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tavsiyalarini joriy etish ham nazarda tutilgan.

 

Dasturga ko‘ra, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llaniladi va nazorat mexanizmlari o‘rnatiladi.

 

Ushbu dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

 

— davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat isteʼmolinining oqilona meʼyorini belgilash, ortiqcha isteʼmolni kamaytirish, shu jumladan bir shaxsga bir martalaik ovqatlanish meʼyorini belgilash;

 

— umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va isteʼmolchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan masʼuliyatini oshirish;

 

— aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda meʼyoridan ortiq isteʼmolni targ‘ib qilishni cheklash.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика