1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi o‘zbek yozuvchilari “Hans Kristian Andersen” mukofotini olishi mumkin

O‘zbekiston Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashiga a’zo bo‘ldi.

Endi o‘zbek yozuvchilari “Hans Kristian Andersen” mukofotini olishi mumkin

 

Bolalar va o'smirlar adabiyoti xalqaro kengashi 1953-yilda Shveytsariyada YUNESKO xalqaro kengashi tomonidan tashkil etilgan bo’ib, uning asosiy maqsadi bolalar va yoshlar adabiyotini rivojlantirish, mamlakatlar milliy adabiyotini xalqaro miqyosga ko'tarish va ommalashtirishga koʻmaklashishdir. Shu kunga qadar O'zbekiston ushbu tashkilotga a'zo emas edi. Tashkilot nizomiga ko'ra, har bir davlatda Milliy shoʻba tashkil etilishi mumkin, faqat bunda tashkilotning o'ziga yarasha shartlari va to'lov summasi mavjud. 

 

Kengashning O'zbekiton Respublikasi Milliy sho'basi AOKA tashabbusi bilan tashkil etildi. 

 

Bundan buyon O'zbekistonning barcha ijodkorlari, jumladan, bolalar yozuvchilari, rassomlar va boshqa kitob sohasida mehnat qiluvchi insonlar xalqaro kongresslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadi.


Yana bir jihati, o'zbek tilidagi bolalar adabiyotini ham jahon miqyosida taqdim etish, ijodkorlarimizni turli xil sovrinlarga, jumladan Hans Kristian Andersen nomidagi sovrin uchun nomzodini ilgari surish imkoniyati paydo bo'ldi. 

 

Kengash, shuningdek, har ikki yilda bir marotaba milliy sho'balarning har biridan ko'zga ko'ringan yozuvchilar, illyustrator-rassomlar va tarjimonlarni e'tirof qilish maqsadida ularning eng yaxshi ishlarini “Honour List” ro’yxatiga kiritadi.

 

Kengashning barcha aʼzolari uchun alohida ahamiyatga ega voqea bu har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining Butunjahon kongressidir. Milliy sho'baga ega har bir davlat Xalqaro kongress mezboni bo'lish imkoniga ega va mamlakat mezbonlikka ariza bergach, kengash ijroiya qo'mitasi a'zolari tomonidan ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. Demak, bunday imkoniyat O'zbekiston Respublikasi Milliy sho'basida ham mavjud.

 

2022-yilgi Kengash Kongressiga Malayziya davlati mezbonlik qiladi. Ushbu kongressda bu yil O'zbekiston ham qatnashadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика