1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi o‘zbekistonliklar Shvetsiyaga ishga yuboriladi

O‘zbekiston va Shvetsiya o'rtasida migratsiya sohasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Endi o‘zbekistonliklar Shvetsiyaga ishga yuboriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi raisi Behzod Musayev va Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssell o‘rtasida Toshkentda migratsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot yakunida ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi, deya xabar bermoqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati.

 

Uchrashuv davomida noqonuniy migratsiyaning oldini olish, inson huquqlarini himoya qiluvchi hamda shaffof va tartibga solingan migratsiya tizimini yaratish masalalari muhokama qilindi. Shvetsiya tomonining bildirishicha, mamlakatda transport, qurilish, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida malakali kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda.

 

“O‘zbekiston bu bozor uchun zarur malakali mutaxassislarni tayyorlash salohiyatiga ega”, — deyiladi agentlik bayonotida.

 

Tomonlar qurilish, logistika va tibbiy xizmat yo‘nalishlarida ish beruvchilar ehtiyojlariga mos holda o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash, ularning Shvetsiyada mehnat faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, markazlashtirilgan raqamli axborot platformasini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

 

Qo‘shma deklaratsiya ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, axborot almashinuvi va konsullik ko‘magini kuchaytirish, eng asosiysi — noqonuniy migratsiyani cheklashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Shvetsiya Migratsiya vaziri Yoxan Forssell uchrashuvda: “Imzolangan tarixiy hujjat O‘zbekiston–Shvetsiya aloqalarini yangi bosqichga olib chiqadi. Mamlakatingizda ilk bor bo‘lishimga qaramay, jadal rivojlanayotgan iqtisodiy muhit va keng imkoniyatlar menga kuchli taassurot qoldirdi” deya ta'kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика