1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Endi shaxslarni sotuvchi “savdogar”larning  ro‘yxati tuziladi

Yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.

Endi shaxslarni sotuvchi “savdogar”larning  ro‘yxati tuziladi

 

Maʼlum bo‘lishicha, odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Unga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:

 

—   odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar;

—   odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko‘rsatilgan yordam natijalari;

—   jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar. 

 

Mazkur maʼlumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalariga yozma yoki elektron shaklda so‘rovnoma yuboradi.

 

So‘rovnoma yuborilgach, uning natijasi 5 kun ichida qanoatlantiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 6 oyda har 100 ming aholiga 132ta jinoyat to‘g‘ri kelishi hamda Buxoro shahar sudida odam savdosi jinoyatini sodir etgan shaxslarga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика