1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi “svet” o‘chmasa kerak

Bu yil O'zbekistonda 7 ta yangi elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Endi “svet” o‘chmasa kerak

 

Jumladan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo‘lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

 

Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya, shundan 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) ishga tushiriladi.

 

Buning natijasida O‘zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 000 MVTdan oshadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilgacha 18 ta elektr stansiya foydalanishga topshirilishi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика