1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi talaba va professor-o‘qituvchilarning yutuqlarini xalqaro platformada ko‘rish mumkin

Toshkentda ilk marotaba bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo forum doirasida “QS Analytics Users Workshop” ilovasidan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Endi talaba va professor-o‘qituvchilarning yutuqlarini xalqaro platformada ko‘rish mumkin

Toshkent shahridagi “Central Asian” oliygohida ilk marotaba “QS Yevroosiyo forum 2025” doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya kabi davlatlardan fan va oliy ta’lim vakillari ishtirok etdi. Mazkur forum “Quacquarelli Symonds Limited” xalqaro reyting tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. Forum doirasida “Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish” mavzusida seminar o‘tkazilib, unda oliy ta’limda xalqaro hamkorlik, akademik nufuzni oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, panel sessiyalar va mahorat darslari ham o‘tkazildi.

 

 

Seminar davomida “Quacquarelli Symonds Analytics Users Workshop” ilovasidan foydalanish tartibi va uning qulayliklari haqida QS menejeri Xuan Karlos Mexiya-Kuartas tomonidan tushuntirishlar berildi. Ya’ni, biror oliygoh ushbu ilova orqali universitetlar kesimida talaba va professor-o‘qituvchilar tomonidan erishilgan yutuqlarni solishtirib borishi mumkin. Mazkur ilovada oliygohlar talaba va professor-o‘qituvchilarining turli yo‘nalishlarda qo‘lga kiritgan sertifikat va yutuqlari haqida ma’lumotlar joylashtiriladi hamda ularga kirish imkoniyati mavjud. Bu platformadan dunyoning barcha universitetlari foydalanishi mumkin.

 

 

Shuningdek, “Holoniq by QS” ilovasi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu ilovadan bot ko‘rinishida foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, uning qulay jihatlaridan biri — turli tillarda ishlash imkoniyatidir. Mazkur botdan faqat “Holoniq by QS” bo‘yicha savollarga javob olish mumkin.

 

 

Forum davomida oliy ta’limda xalqaro hamkorlik masalasiga bag‘ishlangan seminar ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, universitetlarning mustaqilligini kuchaytirish, akademik dasturlarni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish va bandlikni tizim samaradorligining asosiy ko‘rsatkichiga aylantirish masalalari ta’kidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика