1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi xodimlarning davomati va ish vaqti hisobi tabeli elektron shaklda qayd etib boriladi

Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish uchun elektron platforma ishga tushdi.

Endi xodimlarning davomati va ish vaqti hisobi tabeli elektron shaklda qayd etib boriladi

 

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, endilikda kadrlarga oid ish yurituv hujjatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilinadi va yuritiladi.

 

Platforma Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz hamda Yagona milliy mehnat tizimi — my.mehnat.uz elektron dasturlari bilan integrallashgan. Xodimlar va mehnatga doir maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllanadi.

 

Elektron tizim 2023 yil 1 yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, mahalliy hokimliklarda joriy etilmoqda. Buning natijasida davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish bo‘linmalari byurokratiya va ortiqcha qog‘ozbozlikdan xoli bo‘lgan vakant lavozimlarni eʼlon qilishdan tortib, ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirish kabi qulayliklarga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar yagona elektron bazaga jamlangan holda axborot to‘planadi va unga ishlov beriladi.

 

Xodimlar davomati va ish vaqti hisobi tabeli, shuningdek, xizmat safari, mehnat taʼtili, mehnatga layoqatsizlik davri elektron shaklda qayd etib boriladi. Xodimlarning ish faoliyati samaradorligi avtomatik baholanadi. Kadrlar bo‘yicha maʼlumotlarning elektron arxivi yuritiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика