1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi "импортный" tovarlarga ham isteʼmol krediti beriladi

Prezident imzolagan Qonun bilan “Isteʼmol krediti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi.

Endi "импортный" tovarlarga ham isteʼmol krediti beriladi

 

Bugungi kunda moliyaviy isteʼmol kreditlari uchun talab ortib bormoqda, biroq O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga moliyaviy isteʼmol krediti ajratilishi amaldagi Qonun bilan cheklangan edi. Yaʼni isteʼmol krediti O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) olish uchun berilardi.

 

Taʼkidlash joizki, 2006-yilda qonun qabul qilingan vaqtda ushbu norma mamlakat bozorida tovar va xizmatlar tanqisligi tufayli zarur edi.

 

Endi esa Qonun bilan “Isteʼmol krediti to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar va xizmatlar uchun ham isteʼmol krediti ajratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.

 

“Moliyaviy isteʼmol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Isteʼmol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

 

Mazkur Qonunning qabul qilinishi Davlat byudjetidan qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi. Aksincha:

 

  • moliyaviy isteʼmol krediti berish tartibini takomillashtirish va soddalashtirishga;
     
  • isteʼmolchi-fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga va xususiy tadbirkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek:

 

  • Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
     
  • Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
     
  • Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика