1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Endi yo‘l-transport hodisalari haqida haydovchilar xabarnoma tuzishi mumkin

Hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endi yo‘l-transport hodisalari haqida haydovchilar xabarnoma tuzishi mumkin

 

 

Qonunchilikka ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish orqali sug‘urta tovonini olish tartibi joriy etilgan.

 

Mazkur qaror 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi.

 

Shunga muvofiq, 2021-yil 1-noyabrgacha sug‘urta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.

 

Xabarnoma ikki nusxada, quyidagi asoslar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgandagina  tuziladi:

 

➖ jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;

➖ ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lmaganida;

➖ hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;

➖ hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;

➖ ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;

➖ haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;

➖ haydovchilar mast bo‘lmasa;

➖ transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.

 

Avvalroq, “prava”sini almashtirmaganlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgani,  haydovchilik guvohnomasisiz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruhsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика