Unga ko‘ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin.
Eslatma. Oldin faqat jismoniy shaxslar uchun bu tartib amal qilar edi.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, ijaraga olish jarayonida alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki o‘zgacha mastlik holati aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, ijaraga beruvchi talabgorning murojaatini rad etishi mumkin.
Bundan tashqari, ijaraga beruvchiga qulaylik yaratish uchun “Maʼmuriy amaliyot” tizimidan foydalanish imkoniyati ham beriladi. Bunda ijarachi ijaraga olingan transport vositasi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini elektron tekshirishi mumkin.
Avvalroq 1 sentyabrdan haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilingani hamda 1 avgustdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


