1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endilikda etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda ishlab chiqarish jinoyat hisoblanadi

Inson hayotiga xavf soluvchi tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun uchun jazo kuchaytiriladi.

Endilikda etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda ishlab chiqarish jinoyat hisoblanadi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarning muomalasiga chek qo‘yishga qaratilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

 

Ushbu qonun loyihasi bilan inson hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarganlik va muomalaga kiritganlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi taklif etilmoqda. Jumladan, inson sog‘lig‘i va hayotiga xavf soluvchi tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.

 

Bundan tashqari, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanmoqda. Sanitariya va veterinariya qonunchiligini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jazo chorasi og‘irlashtirilyapti.

 

Shuningdek, tadbirkorning tovar brendidan noqonuniy foydalangan holda, mahsulot ishlab chiqarib, realizatsiya qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilib, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar tartibi aniq belgilab berilmoqda.

 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика