Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bosh boshqarma boshlig‘i Umidulla Ibragimov maʼlum qildi.
Elektron chiptalar ulushi 40 % ga yetdi. Buning sabablari — byurokratik to‘siqlar yo‘qligi, elektron chipta qog‘oz shaklidagi chiptadan arzonroqligi, xalqaro elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. Shuningdek, sentabrdan ishlatilmagan elektron chipta tizimga onlayn qaytarilganida mijozlarga 100 % mablag‘i plastik kartasiga qaytarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Avvalroq Toshkentga ispaniyadan "Afrosiyob" tezyurar poyezdi yetib kelgani hamda Turkiston — Chimkent — Toshkent tezyurar temir yo‘li qurilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


