1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Energetika vazirligi benzin haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «AI-80 rusumli benzin yo‘q deb qimmat benzinlarni sotishayotgan ekan» mazmunidagi xabarlar eʼlon qilinmoqda.

Energetika vazirligi benzin haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

 

Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, hozirgi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oshirilmagan va uning 1 litri 6 800 so‘mligicha saqlanib qolmoqda.

 

Shuningdek, AI-92 markali avtobenzin 9500 so‘mdan va AI-95 markali avtobenzin 10 500 so‘mdan sotilmoqda.

 

Bugungi kunda respublika neftni qayta ishlash zavodlarida sutkasida 4 000 tonnadan avtobenzin ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali isteʼmolchilar ehtiyojlari uchun yo‘naltirilmoqda. Bundan tashqari avtobenzin zaxirasi yetarli ekanligini maʼlum qilamiz.

 

Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qo‘shimcha avtobenzin importi amalga oshirilib kelinmoqda. Joriy yil boshidan bir oyda o‘rtacha 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.

 

Bundan tashqari, xomashyo importi hajmlarini oshirish hisobiga avtobenzin ishlab chiqarish va birja savdolariga qo‘yib borilayotgan avtobenzin hajmlarini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика