Energetika vazirligi mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, O‘zgidrometning maʼlumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda yog‘ingarchilik oylik hajmining 70-90 foizini tashkil etadi. Bu esa qisqa muddatli elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
“Elektr uzatish liniyalarida to‘plangan chang, shuningdek, yog‘ingarchilikning ko‘pligi elektr energiyasini uzatishda nosozlikka olib keladi. Xususan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida qisqa muddatli elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Hozir kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlarni hal etish bo‘yicha tezkor guruhlar tuzilgan.


