1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Eng qashshoq qit'aning еng boy odamlari

BMT tomonidan dunyoning eng qashshoq 49 davlati ro`yxati tuzilgan. Ro`yxatdagi 33 ta o`rinni Afrika qit'asi mamlakatlari egallagan. Dunyodagi eng qashshoq davlatlar 10 taligidan ham Afrika mamlakatlari o`rin olgan.

Eng qashshoq qit'aning еng boy odamlari

*  Afrika aholisining ¾ qismi savodsiz;

*  Bezgak xastaligi bilan og‘riganlarning o‘ndan to‘qqiz nafari afrikalik;

*  Afrika odamlar eng kam umr  ko‘radigan qitʼa hisoblanadi. Bu yerda erkaklar o‘rtacha 50, ayollar 48 yil umr ko‘radi;

*  Afrikada yovvoyi holatda hayot  kechiruvchi qabilalarning ayrimlari hanuz olov nimaligini bilmaydi.

Lekin shunday ahvol bo‘lishiga qaramay afrikalik milliarderlar hashamatli hayot kechiradi.  

Afrikaning qoloq mamlakatlarida hamma odam ham fuqaro emas: yuz minglab bolalar go‘dakligidayoq vafot etadi. Qabilalarda esa bunday hisobot umuman yuritilmaydi.

 

 

Qitʼada 490 million odam  qashshoq holatda umrguzaronlik qiladi. Bu Afrika umumiy aholisining 36 foizini tashkil etadi. Ular soni yildan yilga ko‘payib bormoqda.

Keniyada qizlar 14-15 yoshdayoq fohishalik bilan shugullana boshlaydi. Ular tushlik evaziga ham ishlashga tayyor. 

Afrika jamiyatining imtiyozli a'zolari esa okean qirg`og`ida hashamatli villalar qurib, o`z farzandlarini eng yaxshi ta'lim muassasalariga yuboradi.

 

Qit'aning badavlat odamlari

 

1.

Aliko Dangote

Nigeriya

12,1 мlrd.$

2.

Nassef Saviris

Misr

8,5 мlrd.$

3.

Nikki oppenxaymer

JAR

8 мlrd.$

4.

Iogan Rupert

JAR

7,2 мlrd.$

5.

Mayk Adenuga

Nigeriya

6,3 млрд.$

6.

 Abdulsamad Rabiu

Nigeriya

3,2 мlrd.$

7.

Issad Rebrab

Aljir

4.8 мlrd.$

8.

Naguib Saviris

Мisr

3.2 мlrd.$

9.

Folorunsho Alakiya

Nigeriya

3,2 мlrd.$ 

10.

Patris Motosep

JAR

3 мlrd.$

11.

Koos Bekker

JAR

2.8 мlrd.$

12.

Jeykob Zuma

JAR

ХХХХ

13.

Isabel dos Santos

Аngola

2.2 мlrd.$

 

Forbes nashri  maʼlumotlariga  ko‘ra, 61 yoshli Aliko Dangote 2021-yilda Afrikaning eng boy odami hisoblangan.

 

 

 

 

 

Shuningdek, u dunyodagi “Eng boy qora tanli fuqaro”maqomini olgan. 2021-yilda Aliko Dangote ketma-ket o‘n marta “Afrikaning eng boy odami” deb topilgan.  

 

U dunyodagi uchinchi yirik shakar zavodiga egalik qiladi. Uning ko‘plab biznes loyihalari Nigeriya fond birjasining bozor kapitallashuvining ¼ qismini tashkil etadi.

 

 A.Dangotening Nigeriya poytaxti Abuja markazida ulkan uyi, tug‘ilgan kuni uchun sotib olingan  shaxsiy samolyoti va onasi nomi bilan ataladigan yaxtasi bor. 

 

Nassef Saviris oilasi Misrda eng boy oila sanaladi. U sport kiyimlar ishlab chiqaradigan “Adidas”aksiyalarining qariyb olti foiziga egalik qiladi. Misr sement kompaniyasi aksiyalarining 54 foizi Saviris oilasiga tegishli.

 

 

 

Nikki Oppenxaymer — olmos merosxo‘ri. Uning Janubiy Afrika, Botsvana va Zimbabveda kamida 720 kvadrat kilometr yeri bor.

 

 

Iogan Rupert Shvetsariyaning hashamatli buyumlar ishlab chiqaruvchi “Richemont” kompaniyasiga  raislik qiladi.

 

 

Mayk Adenuga Globasom uyali aloqa tarmog‘i Nigeriyada uchinchi yirik operator bo‘lib, 55 million abonentga ega. Bundan tashqari uning"Conoil Producing" neft qidiruv uskunasi Niger deltasida 6 ta neft blokini boshqaradi.

 

 

70 yoshli Folorunsho Alakiyaning firmasi "Sharon moda uyi" nomi bilan mashhur. U 600 million AQSH dollaridan ziyod oilaviy neft biznesi bo‘lgan «FALFA Oil» kompaniyasining bosh direktori. Tadbirkor ayolning qiymati 46 million dollarga teng shaxsiy samolyoti bor. U to‘rt o‘g‘lining har biriga 88 million rubl bo‘lgan bir xil Mersedes-Benz G-Vagon sovg‘a qilgan. 

 

 

Qit'a milliarderlaridan yana biri Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Jeykob Zuma. Uni Yoqub ismi bilan ham atashadi. U o‘z boyligini  korrupsiya vositasida qo‘lga kiritgan. Yoqub Janubiy Afrikani ham boshqargan. Siyosiy faoliyati davomida o‘z qarorgohini qurishga davlat byudjetidan 23 million AQSH dollari sarflagan. 

 

 

 

Shaxsiy villasining  10 ta yotoqxonasi, 13 ta hammomi, 9 ta yashash xonasi, suzish havzasi, marmar, mozaika va oltin bilan bezatilgan 11 ta mashina uchun garaji bor. U eng qimmat sanaladigan Lilak ko‘chasida joylashgan. Villa 330 million AQSH dollariga xarid qilingan.

Maʼlumki, o‘sha paytda Zumaning o‘g‘li Duduzane Birlashgan Arab Amirliklarida  Burj Xalifa osmono‘par binosidan 18 million dollarga uy sotib olgan. Uy dizaynini mashhur italiyalik meʼmor Jorjio Armani ishlab chiqqan.

Zuma prezidentlikdan ketganidan so‘ng unga nisbatan qurol-yarog‘ yetkazib berish va sotib olish bo‘yicha xalqaro bitimlarda tovlamachilik, poraxo‘rlik hamda pul yuvish kabi qariyb 800 ta holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U shunday yo‘l bilan 2 milliarddan ziyod dollar o‘margan. 

Rossiya fuqarosi, Angolaning sobiq prezidenti qizi Isabel dos Santos -  48 yoshli tadbirkor ayol. Maʼlumotlarga ko‘ra, u amerikalik qo‘shiqchi Merayya Keri uchun gonorarga million dollar sarflagan. Isabelning kelinlik to‘yi  3,5 million dollarga tushgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

"Afrika yangilanishi" hisobotiga ko‘ra, qitʼada millionerlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Bu holat qitʼadagi iqtisodiy vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin. Hisobotda taʼkidlanishicha, nufuzli odamlar nafaqat biznesga, balki xayriya ishlariga ham sarmoya kiritmoqchi. Agar ilgari Afrikaning qashshoqlik va tengsizlik muammolarini hal qilish xomxayolga o‘xshab ko‘ringan bo‘lsa, bugun bu tasavvurlar real imkoniyatga aylanib bormoqda.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика