1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

 

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar Sh.Sh. va A.A. o‘rniga boshqa fuqarolar kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolingan.

 

Agentlikning maʼlum qilishicha, ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

 

«Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.

 

Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz!», — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика