1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Epshteyn ishi bo‘yicha 6 million sahifalik hujjatlar aniqlangan

Aniqlangan hujjatlarning katta qismi oshkor etilmagan, advokat Epshteyn fayllari bo‘yicha AQSH Adliya vazirligini shaffoflik yetishmasligida ayblamoqda.

Epshteyn ishi bo‘yicha 6 million sahifalik hujjatlar aniqlangan

 

Voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarning taxminan yarmi jamoatchilikka oshkor etilmagan. Bu haqda ayollar huquqlari bo‘yicha advokat, MsAllister Olivarius yuridik firmasi asoschisi Enn Olivarius maʼlum qildi, deb xabar bermoqda The Guardian.

 

Uning aytishicha, AQSH Adliya vazirligi dastlab Epshteyn ishi doirasida 6 milliondan ortiq sahifadan iborat materiallarni aniqlagan, biroq hozirga qadar ularning faqat yarmi eʼlon qilingan. Vazirlik qolgan hujjatlar takroriy, noto‘g‘ri yoki huquqiy cheklovlar sabab taqdim etilmaganini bildirmoqda.

 

O‘tgan hafta AQSH Bosh prokurori o‘rinbosari Todd Blansh Epshteyn ishi bo‘yicha taxminan 6 million sahifalik hujjatlar aniqlanganini tasdiqlab, bu “maksimal shaffoflikni taʼminlash” maqsadida turli manbalardan yig‘ilganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy tarzda eʼlon qilingan sahifalar soni dastlab to‘plangan materiallardan ancha kam.

 

Enn Olivarius Adliya vazirligi bayonotlariga shubha bilan qarashini bildirib, hujjatlarni aynan ularni saqlayotgan tomon baholayotgani suiisteʼmol qilish xavfini keltirib chiqarishini qayd etdi.

 

Shuningdek, Marsh Lav Firm advokati Jennifer Friman hukumatning millionlab hujjatlarni eʼlon qilmasdan qoldirishi Epshteyn ishi bo‘yicha javobgarlikdan qochishga urinish bo‘lishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar nomlari oshkor qilinayotgan bir paytda, ayrim gumonlanuvchilarning ismlari yashirilmoqda.

 

AQSH kongressmeni Jeymi Raskin esa eʼlon qilingan 3 million fayldan 10 mingdan ortig‘i tahrirlanganini maʼlum qilib, maʼlumotlar bosqichma-bosqich va to‘liq bo‘lmagan shaklda taqdim etilayotganini taʼkidladi.

 

Adliya vazirligi Epshteyn fayllarini Prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan Epsteyn fayllari shaffofligi to‘g‘risidagi qonun (EFTA) asosida bir necha bosqichda eʼlon qilgan. Eng so‘nggi va keng qamrovli eʼlon 30 yanvar kuni bo‘lib, unda qariyb 2 mingta video va 180 mingdan ortiq rasm ochiqlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика