1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Epshteynga Kaʼba po‘shining bo‘laklari sovg‘a qilingani aniqlandi

Jo‘natmalar BAA bilan bog‘liq shaxslar orqali 2017 yilda AQSHga jo‘natilgan.

Epshteynga Kaʼba po‘shining bo‘laklari sovg‘a qilingani aniqlandi

 

Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha yaqinda eʼlon qilingan hujjatlarda Makkadagi Kaʼbadan muqaddas mato — Kisva bo‘laklari Qo‘shma Shtatlarga yuborilgani haqida maʼlumotlar aniqlangan. Mazkur jo‘natmalar Birlashgan Arab Amirliklari bilan bog‘liq aloqalar orqali tashkil etilib, Jeffri Epshteynga yetkazib berilgan. Bu haqda middleeasteye nashri xabar berdi.

 

Hujjatlarda qayd etilishicha, 2017 yil fevral–mart oylarida BAAda yashovchi tadbirkor ayol Aziza al-Ahmadiy Abdulloh al-Maari ismli shaxs bilan hamkorlikda Kaʼbani qoplaydigan qora, oltin kashtali Kisvaning uchta bo‘lagini jo‘natgan.

 

Kisva Islom olamida nihoyatda muqaddas hisoblanadi. Har yili Kaʼbadan eski mato olinib, o‘rniga yangisi o‘rnatiladi. Oldingi Kisva qismlari diniy va tarixiy ahamiyatga ega nodir artefakt sifatida eʼtirof etiladi.

 

Epshteyn fayllariga ko‘ra, yuk Saudiya Arabistonidan Florida shtatiga British Airvays orqali havo yuklari yordamida jo‘natilgan.

 

Mazkur yuk 2017 yil mart oyida Epshteynning Floridadagi uyiga yetkazilgan. Bu vaqtga kelib u allaqachon jinsiy jinoyatchi sifatida sudlangan va ro‘yxatga olingan edi.

 

Elektron pochta xabarlaridan birida Ahmadi Epshteynga murojaat qilib, matoning diniy ahamiyatini taʼkidlagan. Yozishmalarda ushbu buyumlar nega aynan Epshteynga yuborilgani va tomonlar o‘rtasidagi tanishuv tafsilotlari ochiqlanmagan.

 

Bundan tashqari, eʼlon qilingan hujjatlar orasida Epshteyn AQSH va Isroil razvedka tuzilmalari bilan aloqada bo‘lgani haqidagi FQB memorandumi ham bor. Unda uning Isroilning sobiq bosh vaziri Ehud Barak bilan yaqin munosabatda bo‘lgani qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика