1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Epshteynning qamoqdagi o‘limi haqidagi hisobot uning o‘limidan bir kun oldin tayyorlangan

Ochiqlangan yangi materiallarda Epshteyn o‘limi oldidan tuzilgan bayonot va qamoqxona nazoratidagi kamchiliklar qayd etilgani aytilmoqda.

Epshteynning qamoqdagi o‘limi haqidagi hisobot uning o‘limidan bir kun oldin tayyorlangan

 

AQSH Adliya vazirligi tomonidan Jeffri Epshteyn ishi doirasida eʼlon qilingan so‘nggi hujjatlar orasida uning o‘limiga oid bayonot mavjudligi aniqlangani maʼlum qilindi. Hujjat loyihasi Epshteyn qamoqxona kamerasida o‘lik holda topilishidan bir kun avval — 2019 yil 9 avgust sanasida tayyorlangan. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Mazkur materiallarda Nyu-Yorkning Janubiy okrugi bo‘yicha AQSH prokuraturasi nomidan tayyorlangan memorandum ham mavjud bo‘lib, unda Epshteynning kamerada hushsiz holda topilgani haqidagi dastlabki maʼlumotlar qayd etilgan. Shu bilan birga, keyinchalik rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, moliyachi 2019-yil 10-avgust kuni Manxettendagi qamoqxonada o‘lik holda aniqlangan.

 

Hujjatlar to‘plamiga jami 20 dan ortiq turli bayonot va ularning tahrirlangan versiyalari kiritilgan. Ayrim hujjatlarda shaxsiy maʼlumotlar qisman yashirilgan.

 

Federal Qamoqxonalar Byurosi va Bosh inspektor hisobotlarida Epshteyn o‘limi oldidan qamoqxona nazorati tartiblarida jiddiy kamchiliklar kuzatilgani qayd etilgan. Jumladan, majburiy tekshiruvlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagani, nazorat hujjatlari esa soxtalashtirilgani aniqlangan.

 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Epshteynning o‘lim sababi o‘z joniga qasd qilish sifatida baholangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика