1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erdo‘g‘an barcha davlatlarni Gʻazoda qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Prezident u yerda tinchlik o‘rnatish tashabbusini ilgari surdi.

Erdo‘g‘an barcha davlatlarni Gʻazoda qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha Gʻazoda bolalar, ayollar va tinch aholini ommaviy qirg‘in qilish orqali xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi.

 

"Gʻarb davlatlari rag‘batlantirgan va Gʻarb matbuoti tomonidan qonuniylashtirilgan bu jinnilikdan mintaqamiz tezroq qutulishi kerak. Men barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni Gʻazoda tezda o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini chin dildan qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Men Isroil hukumatini tinch aholiga hujumlarini kuchaytirmaslikka va vayronagarchilik harakatlarini darhol to‘xtatishga chaqiraman", - dedi Turkiya rahbari.

 

Prezident Erdog‘an Gʻazoga qilanadigan hujumlarni kengaytirish ko‘proq og‘riq, o‘lim va ko‘z yoshlarini olib kelishini aytadi.

 

"Bolalar, ayollar va tinch aholini o‘ldirish, kasalxonalar, maktablar, masjidlar va cherkovlarni portlatish orqali xavfsizlikni ta’minlash mumkin emasligi aniq", - deya ta’kidladi u.

 

Prezident Erdo‘g‘anning qayd etishicha, musulmonlar, yahudiylar, nasroniylar va u yerda yashovchi har bir inson xavfsizligini kafolatlaydigan yangi mexanizmlar yaratilishi bilan mintaqada barqarorlikka erishish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика