Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an kelasi hafta O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Bu haqda u jurnalistlar bilan qilgan muloqotida aytib o‘tgan.
“Bu oy Ar-Riyodda Islom hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘ladi. Biz ushbu sammitda qatnashamiz. Kelasi haftada O‘zbekistonga ham tashrif buyuramiz. Bu ayni vaqtda juda muhim tashriflardir”, - degan mamlakat yetakchisi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, noyabr oxirida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Davlat rahbarlari mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi.


