Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog‘an Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga elektromobil sovg‘a qildi.
Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, Erdog‘an hurmat belgisi sifatida Qozog‘iston rahbariga Turkiyada ishlab chiqarilgan TOGG elektromobilini sovg‘a qilgan.
Qozog‘iston prezidenti o‘z hamkasbini elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarish muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani bilan tabriklab, minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Erdog‘an avvalroq xuddi shu avtomobildan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham sovg‘a qilgandi.


