1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Erdog‘an turkiy mamlakatlarda yagona alifbo joriy etishni taklif qildi

“Birligimizni mustahkamlashda til juda muhim”, deydi u.

Erdog‘an turkiy mamlakatlarda yagona alifbo joriy etishni taklif qildi

 

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an turkiy davlatlar uchun yagona alifbo joriy etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda u bugun, 3-noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida aytib o'tgan.

 

“Birligimizni mustahkamlashda til juda muhim. Yagona alifbo ham muhim tarkibiy qism bo‘lib, bu yerda prezidentlarning qo‘llab-quvvatlashi muhim. Turkiya Oliy taʼlim kengashi tomonidan tashkilotimiz kotibiyatiga kiritgan taklif, ishonchim komilki, tashkilotimiz tomonidan ko‘rib chiqiladi”, — degan Erdog‘an.

 

Eslatib o'tamiz, 2022-yili TDT qoshida yagona alifbo yaratish bo‘yicha komissiya tuzilgandi. Komissiyaning ilk yig‘ilishi shu yilning mayida Ostona shahrida o‘tkazilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика