Turkiya Ukraina g‘allasining dunyo bozoriga olib chiqilishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
Rossiya 29 oktyabr kuni “g‘alla kelishuvi”dan chiqib ketganini eʼlon qildi. Bunga Sevastopoldagi kemalarga uyushtirilgan hujumlar sabab qilib ko‘rsatilgan.
Shundan keyin don tashish bo‘yicha muammolar paydo bo‘ldi. Bugun Turkiya, BMT va Ukraina Rossiya ishtirokisiz 12 kemada g‘alla olib chiqishni maʼlum qilgan bo‘lsa-da, bug‘doy eksporti jiddiy kamayib ketishi kutilyapti.
“Ukrainadan don tashish evaziga dunyo bozoriga 9.3 million tonna g‘alla olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik. Bu orqali oziq-ovqat inqirozi oqibatlari yumshatildi. Bu harakatlarni davom ettirish niyatidamiz”, – degan Turkiya yetakchisi.


