1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li "taktik jang"ga kirishdi — OAV

Nomzodlar vaqt kamligi sababli tashqivotlardan voz kechadi.

Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li "taktik jang"ga kirishdi — OAV

 

 

Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va uning raqibi Kamol Qilichdaro‘g‘li “taktik jang” boshladi, siyosatchilar so‘nggi o‘n kun ichida qiyin ishontirish jarayoniga duch kelishadi, deb xabar bermoqda "Hurriyet" gazetasi. 

 

Har ikki lider ham yoshlar oldida birinchi chiqishlarini qildi. Oldinda so'nggi 10 kun ichida qiyin ishontirish jarayoni turibdi: Ovoz bermagan 9,5 million kishi saylovga kelishi muhimdir.

 

Aniqlik kiritilishicha, Erdog‘an ham, Qilichdaro‘g‘li ham vaqt cheklangani uchun birinchi tur oldidan bo‘lgani kabi katta tashviqot tadbirlari tashkil qilishni rejalashtirmayapti.

 

“Siyosatchilar oʻz saylovoldi tashviqotlarini, asosan, strategik joylarga, xususan, zilzila zonasiga borib, saylovchilarga taʼsirli xabarlar yetkazish orqali olib borishi kutilmoqda”, — deb yozadi gazeta.

 

Eslatib o'tamiz, 14-may kuni Turkiyada parlament va prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Oliy saylov komissiyasi (YSK) maʼlumotlariga koʻra, amaldagi davlat rahbari Toyyib Erdogʻan 49,51 foiz, uning asosiy raqibi Respublika Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdaroʻgʻli 44,88 foiz va Ata ittifoqi (Otaturk ittifoqi) nomzodi Sinan Ogan 5,7 foiz ovoz olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика