1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Erdog‘an zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Marmar dengizida kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli juda yuqori.

Erdog‘an zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajap Toyyip Erdog‘an shaharlar rahbariyatini bo‘lajak ofatlar jiddiy zarar keltirmasligi uchun o‘z aholi punktlarini kutilayotgan zilzilaga tayyorlashga chaqirdi.

 

“Turkiyadagi aholi punktlari, birinchi navbatda Istanbul va boshqa viloyatlardagi aholisi va maʼmurlar yaqin orada sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilalarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari kerak”, deya bayonot berdi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an.

 

Avvalroq so‘nggi bir necha kun ichida Egey dengizida yer silkinishlari qayd etilgan edi. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu seysmik hodisalar Turkiya uchun eng muhim vazifa-zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish ekanligini yana bir bor eslatadi.

 

“Mahalliy maʼmuriyatlar siyosiy manfaatlar ko‘zlashdan ko‘ra shahar muhitini o‘zgartirish loyihalari orqali shaharlarni zilzilalarga tayyorlashlari kerak” deydi Erdo‘g‘an.

 

Prezident Turkiyaning barcha shaharlarini, birinchi navbatda Istanbulni zilzilaga chidamli qilish yo‘lida harakat qilishdan boshqa muqobil variantlari yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

 

Shuni taʼkidlash kerakki, turk seysmologlari Istanbul yaqinidagi Marmar dengizida kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli juda yuqori deb hisoblashadi va bu har yili ortib bormoqda. Gap shundaki, bu hududda ikkita tektonik yoriqlar mavjud. Ular harakatlana boshlaganda zilzila yuz beradi va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Istanbul aholisining to‘rtdan bir qismi hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика