Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Alyaskada AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni ijobiy baholadi. Bu haqda davlat rahbari o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi, deya xabar beradi Oxu.Az.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Tramp va Putin muzokaralari Rossiya–Ukraina urushiga yakun yasash uchun turtki beradi.
“Biz Alyaskadagi sammitni olqishlaymiz va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi bu yangi jarayon mustahkam tinchlik uchun poydevor bo‘lishiga ishonamiz. Turkiya tinchlik o‘rnatilishiga har qanday hissani qo‘shishga tayyor”, — dedi Turkiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv davomida Tramp AQSh, Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch tomonlama sammit o‘tkazish ehtimoli haqida ham gapirgan edi.


